Tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video paydo bo‘ldi. Aslida joriy ta’mirlash ishlari aks etgan videoni 2 kishi yolg‘on izoh bilan tarqatgani aniqlandi. Ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Prezident tomonidan imzolangan ayrim kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunga ko‘ra, agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting